
O‘zgacha chiziqlari bilan hayratlantiradigan bu masjid Tashkent City bog‘i hududida joylashgan. O‘tgan asr boshlarida qurilgan bu o‘ziga xos noyob inshootni taniqli o‘lkashunos Boris Golender «Turkiston moderni» turkumiga kiritgan — unda an'anaviy gumbaz yevropacha uslubdagi me'moriy elementlar, masalan, derazalar ustidagi karnizlar bilan ajoyib tarzda uyg‘unlashgan.
Orifjonboy masjidi ko‘p yillar
tashlandiq holda turgan: 1930 yillardan 1980 yillargacha u yerda dorixona,
keyin esa omborxona joylashgan. Olimlar olib borgan ekspertizada imoratning
ayrim qismlari vayron bo‘la boshlagani aniqlangan.
Tashkent City qurilishida masjidni
saqlab qolish va rekonstruksiya qilish, uni toshkentliklar hamda mehmonlar
uchun hammabop qilish qarori qabul qilingan. Madaniyat vazirligi ekspertlari
bilan hamkorlikda rekonstruksiya loyihasi ishlab chiqilgan.
Bog‘ ochilgandan so‘ng, afsonaviy
minorasi bilan diqqatni tortadigan go‘zal bino rassomlarga berilgan. Kechasi
bino chiroyli yoritilib turadi. Hozirgi kunda binoda masjid joylashgan.

Bino har bir toshkentlikka yaxshi tanish: deyarli 80 yil davomida u Xadra maydonini va Navoiy hamda...

Anhor bo‘yidagi choyxona 1956-yilda me’mor V.M. Dmitriyev loyihasi asosida qurilgan va O‘zbekistonn...

1865 yilda Anhorning chap sohilida, Qaytmas darvozasi yaqinida harbiy qal’a qurilgan. Baland yer u...
Ko‘kaldosh madrasasi yonidagi uchta firuza rangli gumbaz uzoqdan ham ko‘zga tashlanadi va Toshkentn...