Shayxontohur tumani hokimiyatning rasmiy sayti
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:
Shayxontohur tumani hokimligi

Shayxontohur tumani – Toshkentdagi  ma’muriy-hududiy birlik. 1929-yil 29-noyabrda Oktyabr tumani nomi bilan tuzilgan. 1992-yilda Shayxontohur (Shayx Xovandi Tohur) tumani deb o’zgartirilgan. 1978-yildan hozirgi kungacha - Shimoli-g’arbda Zangiota tumani, shimolida Olmazor tumani, shimoli-sharqda va sharqda Yunusobod, janubda Chilonzor va Yakkasaroy, g’arbda Uchtepa tumanlari bilan chegaradosh.

Asosiy magistrallari: Abdulla Qodiriy, Navoiy, O’zbekiston, Beruniy shoh ko’chalari, Furqat, Uyg’ur, Samarqand darvoza ko’chalari.

Shayxontohur tumanida O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Navoiy nomidagi adabiyot muzeyi, Seysmologiya, Polimerlar kimyosi va fizikasi, Mikrobiologiya institutlari, Arxitektura va qurilish, kimyotexnologiya institutlari, 8 ta o’rta maxsus o’quv yurti, 35 ta umumiy ta’lim maktabi va boshqa muassasa, tashkilotlar bor. 1 ta oilaviy va stomatologiya shifoxonasi, 10 ta oilaviy poliklinika va ambulatoriya,6 ta kasalxona hizmat ko’rsatadi. Mustaqillik yillarida tuman hududida O’zbekiston davlat Konservatoriyasi, O’zbekiston xalqaro Islom akademiyasi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti qoshidagi akademik lisey qurildi, O’zbek milliy akademik drama teatri, "Chorsu" savdo markazi binolari hamda Eski juva bozori qayta ta’mirlandi. O’zbek milliy akademik drama teatri, Abror Hidoyatov nomidagi O’zbek davlat drama teatri, Satira teatri, Rus yosh tomoshabinlar teatri, Sirk, "San’at saroyi", "O’zko’rgazmasavdo" saroyi, 6 ta madaniyat uyi va muassasasi, Kino uyi, 1 ta jamoat kutubxonasi, 1 ta kinoteatr va boshqa, "Paxtakor" stadioni, "JAR" sport majmuasi  ishlab turibdi.


Shayxontohur tumani hokimligi