Skverdagi kurant soatlari poytaxtning diqqatga sazovor joylaridan biri. Sharqiy Prussiya shaharchasidagi vayron boʻlgan ratusha soatlarini Ikkinchi jahon urushi janglarida qatnashgan toshkentlik soat ustasi Aleksandr Eyzenşteyn olib kelgan.
Kurant soatlari binosi uchun tanlov eʼlon
qilindi, unda meʼmor A. A. Muxamedshin va bosh muhandis V. Levchenko taklif
qilgan loyiha gʻolib chiqdi. Oʻttiz metrli soat minorasi va chiroyli tepa qismi
Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi faxriy aʼzosi, mashhur ganch oʻymakori, naqshkor
rassom, meʼmor Usto Shirin Murodov ishtirokida bezatildi.
1947-yil 9-maydan boshlab kurant soatlari
har 15 daqiqada vaqtni chalib kelmoqda, Aleksandr Eyzenşteyn umrining
oxirigacha soatlar qoʻriqchisi boʻlib ishlagan.
2009-yilda yonida kurant soatlarining aniq
nusxasi qurildi, endi ular juft.

Toshkentda modern uslubidagi yevropa binolari barmoq bilan sanab chiqiladi — hammasi yaxshi tanish...

Har bir toshkentlikka bu qisqartma tanish — ToshMI. U endi faqat oʻquv muassasasi nomi emas, balki...

1933-yilda Oʻzbekiston SSR Xalq komissarlari soveti Oʻzbekistonning uchinchi gidroelektrostansiyasi...

Bosh pochtaning yangi binosi 1984-yilda Shahrisabz ko‘chasida (sobiq Pervomayskaya) ochilgan. Me’mo...