Milliy arxeologiya markazi binosi (avval Sharq qoʻlyozmalari instituti, keyinroq Sharqshunoslik instituti deb atalgan) 1968-yilda Toshkentning shimoli-sharqida barpo etilayotgan Akademshaharchada qurilgan.
Meʼmorlar: L. Karash va V. Sutyagin; muhandislar: I.
Shaxsuvorov, Ye. Chernыshov va G. Kalinina.
Qatʼiy yetti qavatli bino Mirzo Ulugʻbek prospekti va
Darmon yoʻli koʻchalari kesishmasidagi eng koʻzga koʻringan belgi boʻlib kelgan
va shundayligicha qolmoqda. Brutal beton blok milliy boʻlmagan ornament
parchalari bilan bezatilgan. Qoʻlyozmalar arxivi joylashgan beshinchi va
oltinchi qavatlarda umuman deraza yoʻq — bu funksional minimalizm tuygʻusini
yanada kuchaytiradi.
Baland korpusning oʻng tomonida, Mirzo Ulugʻbek bogʻi
boʻylab, qatʼiy uch qavatli bino ulanib turadi; uning hovli tomonida quyoshdan
himoya konstruksiyalari bor. Tashqaridan yaqinda alyukobond bilan qoplangan, bu
uning modernizm yodgorligi sifatidagi qimmatini pasaytirdi.
Asosiy binoning chap tomoniga beton panjaroy bilan
bezatilgan konferens-zal ulangan.
Vestibyulda Chingiz Ahmarovning devoriy rasmi saqlanib
qolgan, u restavratsiyaga muhtoj.

Bino 1928-yilda kooperativ texnikumi uchun qurilgan boʻlib, u inqilobgacha tashkil etilgan Toshkent...

Markaziy bogʻ (sobiq Telman nomidagi bogʻ) roʻparasida joylashgan, oʻziga xos turkiston meʼmorchil...
«Bahor» restorani — Toshkentning birinchi banket zallaridan biri, 1958-yilda meʼmor V. D. Romanov l...

Toshkent markazini bezab turgan eng chiroyli binolardan biri — Oʻzbekiston rassomlari uyushmasi Koʻ...