Shayxontohur tumani hokimiyatning rasmiy sayti
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:

Sayilgohlar — barchamizning umumiy boyligimiz! 🌿

📍 Shayxontohur tumani, Katta Oqtepa mahallasi Gulxaniy ko‘chasida soy bo‘ylab barpo etilgan zamonaviy sayilgoh bugun aholi, ayniqsa jajji bolajonlar uchun eng sevimli maskanlardan biriga aylandi.

⚽️ Bu yerda bolalar o‘yin maydonchalari, sport maydonlari, futbol, basketbol va tennis maydonchalari tashkil etilgan bo‘lib, soya-salqin daraxtlar, rang-barang gullar va go‘zal manzaralar har bir tashrif buyuruvchining dilini yayratadi. 🌸🌳

🇺🇿 Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan tumanlarda bunyod etilayotgan ana shunday maskanlar xalqimiz va poytaxtimiz mehmonlarining mazmunli dam olishi, sog‘lom turmush tarzini olib borishi hamda maroqli hordiq chiqarishi uchun xizmat qilmoqda.

❗️Afsuski, ayrim hollarda davlat mablag‘lari hisobidan bunyod etilgan ushbu maskanlarga ehtiyotsizlik bilan munosabatda bo‘lish, o‘yin maydonchalari va sport jihozlarini shikastlash holatlari ham uchrab turibdi.

🤝 Hurmatli fuqarolar!

Keling, tumanimizda bunyod etilayotgan sayilgohlarni birgalikda asraylik. Ularni ozoda saqlaylik, bolalar maydonchalari va sport jihozlariga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘laylik. Zero, bu maskanlar bugungi va kelajak avlodlarimiz uchun xizmat qiladi. 💚

🌿 Sayilgohlarni asrash — har birimizning fuqarolik burchimiz!

Teglar:
O‘xshash yangiliklar
14-sentyabr holatiga ko‘ra poytaxt yo‘llaridagi transport harakati: asosiy ko‘rsatkichlar
15.09.2026, 16:31
14-sentyabr holatiga ko‘ra poytaxt yo‘llaridagi tr...

🔺 Toshkent shahar Yo‘l harakatini tashkil etish markazi tomonidan poytaxt ko‘chalaridagi transport oqimi, tirbandlik da...

Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabat — samarali boshqaruv mezoni
15.09.2026, 10:43
Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabat — samarali...

👍 Bugun Yangihayot tumani hokimligida Toshkent shahar hokimining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yic...

Bugun Xalq qabulxonasida to‘rtta qabul bo‘lib o‘tadi
15.09.2026, 10:28
Bugun Xalq qabulxonasida to‘rtta qabul bo‘lib o‘ta...

Eslatib o‘tamiz, bugun poytaxt Xalq qabulxonasida Toshkent shahar hokimligi rahbariyati ishtirokida navbatdagi qabullar ...

Olmazor tumanida "Qichqiriq" mahallasi — Qoraqamish 1/3 — hududidan Talabalar shaharchasigacha — odamlar uchun qulay va zamonaviy muhit yaratilgan.
14.09.2026, 17:20
Olmazor tumanida "Qichqiriq" mahallasi — Qoraqamis...

📍 Qoraqamish 1/3 hududida 2,4 km uzunlikdagi eko-sayilgoh, 12,4 km piyodalar yo‘lagi va 10,6 ming kv. metrdan ortiq yas...