Shayxontohur tumani hokimiyatning rasmiy sayti
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:

2026-yilning 6 oyida Toshkent shahrida investitsiyalar va iqtisodiy rivojlanish yo‘nalishida erishilgan asosiy natijalar

2026-yilning birinchi yarmida Toshkent shahri investitsiyalarni jalb etish hamda iqtisodiy rivojlanish sur’atlari bo‘yicha mamlakatning yetakchi hududlaridan biri bo‘ldi. Jalb etilgan mablag‘lar yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish, eksport salohiyatini oshirish, aholi bandligini ta’minlash, mahalliy mahsulotlar turini kengaytirish hamda poytaxt iqtisodiyotining barqaror o‘sishini ta’minlashga xizmat qildi.

Hisobot davrida Toshkent shahrining yalpi hududiy mahsuloti (YHM) 226,0 trln so‘mni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 13,3 foizlik o‘sish demakdir.

Belgilangan 11,2 foizlik prognoz ortig‘i bilan bajarildi, natijada Toshkent shahri respublikada YHM o‘sish sur’ati bo‘yicha eng yuqori natijani qayd etdi.

Shuningdek, 2026-yilning olti oyida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 109,6 trln so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 8,0 foizga oshdi. Belgilangan 8,0 foizlik prognoz to‘liq bajarildi.

Investitsiyalar yo‘nalishida esa hisobot davrida 4,3 mlrd AQSH dollari miqdorida to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar o‘zlashtirildi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,5 barobar ko‘p bo‘lib, poytaxt iqtisodiyotiga xorijiy investorlarning ishonchi mustahkamlanib borayotganini ko‘rsatadi.

Shuningdek:

249 ta investitsiya loyihasi ishga tushirildi;
— umumiy qiymati 657,5 mln AQSH dollari bo‘lgan yangi loyihalar foydalanishga topshirildi;
9,8 mingta yangi ish o‘rni yaratilib, minglab oilalar uchun barqaror daromad manbai ta’minlandi;
1 mlrd 546,9 mln AQSH dollari miqdorida eksport amalga oshirilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 43 foizlik o‘sish qayd etildi.

Mahalliylashtirish dasturi doirasida 77 ta loyiha amalga oshirilib, 4,9 trln so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi. Belgilangan ko‘rsatkichlar 148 foizga bajarildi.

Mazkur loyihalar import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, ichki bozorni mahalliy mahsulotlar bilan ta’minlash, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish va yangi kooperatsiya aloqalarini shakllantirishga xizmat qilmoqda.

Mahalliylashtirish loyihalari hisobidan 121,6 mln AQSH dollari miqdorida eksport amalga oshirildi. Bu poytaxt korxonalarining tashqi bozorlardagi mavqei mustahkamlanib, mahalliy mahsulotlarning xalqaro raqobatbardoshligi oshib borayotganini ko‘rsatadi.

Erishilgan natijalarning asosiy ijtimoiy samarasi — yangi ish o‘rinlari, aholi daromadlarining oshishi, zamonaviy ishlab chiqarishlarning tashkil etilishi, sanoat salohiyatining kengayishi hamda shaharning iqtisodiy va ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratilganidir.

Teglar:
O‘xshash yangiliklar
Uchtepa tumanida “dolzarb 40 kun” doirasidagi amaliy ishlar davom etmoqda
28.07.2026, 15:13
Uchtepa tumanida “dolzarb 40 kun” doirasidagi amal...

⚡️ Bugun Uchtepa tumani IIO FMB boshlig‘i, podpolkovnik A.A. Baxramov tomonidan tumandagi “Birlik” mahallasiga tashrif a...

Toshkent shahar hokimligida ko‘p kvartirali uylarni boshqarish sohasida Yaponiya kompaniyalari bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
28.07.2026, 10:35
Toshkent shahar hokimligida ko‘p kvartirali uylarn...

Toshkent shahar hokimligida Yaponiyaning qator kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Toshkent shaha...

Afg‘on–O‘zbek biznes-forumi doirasida Toshkent shahar hokimligi delegatsiyasi hokim o‘rinbosari Sharof Rahmanov boshchiligida Qobul shahrida Qobul munitsipaliteti rahbari o’rinbosari Mohammad Asif Jalalzai bilan uchrashuv o‘tkazdi
27.07.2026, 17:21
Afg‘on–O‘zbek biznes-forumi doirasida Toshkent sha...

🧑‍💻Uchrashuvda ikki poytaxtning shahar boshqaruvi, urbanizatsiya jarayonlari, infratuzilmani rivojlantirish va investi...

Yashash va ovqatlanish xizmatlari bo‘yicha Toshkent 1-o‘rinda
27.07.2026, 12:22
Yashash va ovqatlanish xizmatlari bo‘yicha Toshken...

📈2026-yilning yanvar–may oylarida O‘zbekistonda yashash va ovqatlanish xizmatlari hajmi 90,7 trillion so‘mni tashkil et...