Shayxontohur tumani hokimiyatning rasmiy sayti
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:

“O‘zbekiston 24” telekanali Toshkent mahallalarida “Dolzarb 40 kunlik” hamda “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar haqida lavha tayyorladi.

📍Yangihayot tumanida ko‘p qavatli uylar va ijtimoiy obyektlar atrofi obodonlashtirilmoqda, ichki yo‘llar tartibga keltirilib, yashil hududlar kengaytirilmoqda, daraxt va gullar ekilmoqda. Hasharlarda aholi, hokimlik, mahalla yettiligi, kommunal va boshqa xizmatlar vakillari faol ishtirok etmoqda.

🏢Uchtepa tumanida ishlar barcha 60 ta mahallani qamrab olgan. Jumladan, 15 ta ko‘p qavatli uyda 6,8 mingdan ortiq aholi istiqomat qiladigan “Diyorobod” mahallasida hovlilar va yashil hududlar obodonlashtirilmoqda. Bolalar maydonchalari ta’mirlanib, keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va ehtiyojmand oilalarga yordam ko‘rsatilmoqda. Aholi murojaatlari asosida muammoli hududlar xatlovdan o‘tkazilib, mavjud bolalar maydonchalarini ta’mirlash va yangilarini barpo etish ishlari boshlangan. Shuningdek, gaz va elektr ta’minoti, kommunal infratuzilma hamda xavfsizlik masalalari hal etilib, kuzatuv kameralari o‘rnatilmoqda.

🏢Chilonzor tumanida ishlar 55 ta mahallada, jumladan, “Bog‘zor”, “Oqtepa”, “Qozirabod”, “Katta Qozirabod” va “Nafosat” mahallalarida olib borilmoqda. Amalga oshirilayotgan tadbirlar doirasida 286 ta muammo bartaraf etilib, avval yakunlanmay qolgan 427 ta loyiha ijrosi davom ettirilmoqda. 119 ta uyning yerto‘lasi, 64 ta uyning tom qismi va 228 ta uyning yo‘laklari ta’mirlandi, 730 dan ortiq ko‘cha tartibga keltirildi, bolalar va sport maydonchalari modernizatsiya qilinmoqda.

🧹Tumandagi hasharlarga 15 mingdan ortiq fuqaro jalb qilinib, 740 gektar hudud obodonlashtirildi, 673 ta maxsus texnika safarbar etildi. 255 ta yoritish tizimida ta’mirlash ishlari bajarildi, 372 nafar ehtiyojmand fuqaroga moddiy yordam ko‘rsatildi.

Teglar:
O‘xshash yangiliklar
Toşkent şahar hokimi tomonidan fuqarolar uçun şaxsiy qabul ötkazildi
23.10.2026, 17:56
Toşkent şahar hokimi tomonidan fuqarolar uçun şaxs...

✔️Qabul davomida 32 ta murojaat körib çiqildi. 24 ta masala öz joyida hal etildi. Qolgan murojaatlarni esa atrofliça örg...

Xalq qabulxonasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi
23.10.2026, 15:47
Xalq qabulxonasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi

 2026-yil 23-oktabr kuni soat 10:00 da Toshkent shahar Xalq qabulxonasi binosida shahar hokimining uy-joy kommunal ...

Uchtepa tumanida sun’iy ko‘l barpo etilmoqda!
23.10.2026, 15:22
Uchtepa tumanida sun’iy ko‘l barpo etilmoqda!

Uchtepa tumanidagi 90 sotix bo‘sh maydonda yangi sun’iy ko‘l va dam olish maskani tashkil etish ishlari boshlandi. ✔️Bu ...

Botkin qabristonidagi şikastlangan qabr toşlari tiklanadi. Qoidabuzarliklarga yöl qöygan mas’ullar aniqlandi, quriliş işlari töxtatildi
23.10.2026, 15:13
Botkin qabristonidagi şikastlangan qabr toşlari ti...

Dastlabki örganişlar şuni körsatdiki, sobiq şampan vinolari zavodi hududida olib borilgan quriliş işlari vaqtida obyektn...