Shayxontohur tumani hokimiyatning rasmiy sayti
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:

7-sentyabr kuni ertalabki tig‘iz vaqtda metropoliten barqaror faoliyat ko‘rsatdi

Oliy ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan Toshkent shahrida transport harakati, jumladan, metropoliten faoliyati hamkor tashkilotlar bilan birgalikda doimiy nazorat qilinmoqda.

📍7-sentyabr kuni ertalabki soat 07:00 dan 10:00 gacha metropolitenning 4 ta yo‘nalishida jami 64 ta harakat tarkibi yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatdi.

🚇 Mazkur vaqt oralig‘ida metropoliten orqali yo‘lovchilarni tashish bo‘yicha 243 821 ta qatnov qayd etildi.

Metropoliten faoliyatini doimiy nazorat qilish va poyezdlar harakati intervallarini qisqartirish natijasida yo‘lovchilar oqimi eng yuqori bo‘lgan Chilonzor va O‘zbekiston yo‘nalishlarida harakat barqaror tashkil etildi.

✅ Vaziyatlar markazining real vaqtdagi monitoringi davomida:
— poyezdlar harakatida uzilish va noqulayliklar qayd etilmadi;
— bekatlarda yo‘lovchilarning ortiqcha to‘planishi kuzatilmadi;
— yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish jarayonida noxush vaziyatlar yuzaga kelmadi.

Yo‘lovchilarga qulay va xavfsiz sharoit yaratish maqsadida metropoliten faoliyati, shuningdek, boshqa jamoat transportlari doimiy nazorat qilib borilmoqda.

Teglar:
O‘xshash yangiliklar
Fuqarolar murojaatlari ko‘rib chiqildi
21.09.2026, 10:53
Fuqarolar murojaatlari ko‘rib chiqildi

18-sentabr kuni Toshkent shahar hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘y...

“Prezident olimpiadasi”ga poytaxt jamoasini tayyorlash masalalari muhokama qilindi
21.09.2026, 10:43
“Prezident olimpiadasi”ga poytaxt jamoasini tayyor...

Bugun Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Durdona Rahimova boshchiligida “Prezident olimpiadasi” musobaqasining Respublik...

Bugun Xalq qabulxonasida ikkita qabul bo‘lib o‘tadi
21.09.2026, 10:12
Bugun Xalq qabulxonasida ikkita qabul bo‘lib o‘tad...

Eslatib o‘tamiz, bugun Xalq qabulxonasida Toshkent shahar hokimligi rahbariyati ishtirokida navbatdagi qabullar tashkil ...

Har bir murojaat e’tiborda
18.09.2026, 16:50
Har bir murojaat e’tiborda

2026-yil 18-sentabr kuni Toshkent shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishla...