- Toshkentdan gapiramiz
- 18.09.2026, 10:42
Yoshlar bilan muloqot — muammolarga amaliy yechim
▫️Bugun, payshanba — “Yoshlar kuni” munosabati bilan Toshkent shahridagi “Kitob olami” majmuasida yoshlar va yoshlar yetakchilari bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
Unda Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Durdona Rahimova, Toshkent shahar Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i Shaxzod Nabiyev, Ijtimoiy himoya milliy agentligining Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i Bobur Mirzayev, shuningdek, mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
💬Ochiq muloqot davomida yoshlarning bandligini ta’minlash, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ta’lim krediti olish hamda boshqa dolzarb masalalarga oid murojaat va takliflari tinglandi.
🟢Har bir murojaat mas’ullar ishtirokida atroflicha ko‘rib chiqilib, ularning yechimi yuzasidan tegishli tashkilotlarga aniq vazifalar belgilab berildi. Ayrim masalalar esa muloqot davomida joyida hal etildi.
Bu kabi ochiq muloqotlar yoshlarni o‘ylantirayotgan masalalarni bevosita o‘rganish, ularning tashabbus va takliflarini qo‘llab-quvvatlash hamda mavjud muammolarga amaliy yechim topishga xizmat qiladi.

2026-yil 18-sentabr kuni Toshkent shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishla...

Nosirov Shoxrux Shuxrat o'g'li Toshkent shahar Turizm boshqarmasi boshlig'i vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi.&nbs...

2026-yil 18-sentabr kuni Toshkent shahar hokimining uy-joy kommunal xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Obidjon Od...

Toshkentda ta’lim sifatini tahlil qilish raqamli tizimi ishga tushirildiToshkent shahar hokimligining Vaziyatlar markazi...