- Toshkentdan gapiramiz
- 28.09.2026, 09:40
ICTWEEK Uzbekistan – 2026: Toshkent raqamli boshqaruv bo‘yicha yangi hamkorliklarni kengaytirmoqda
22–25-sentabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan “ICTWEEK Uzbekistan – 2026” xalqaro haftaligi doirasida poytaxtda raqamli boshqaruvni takomillashtirish, zamonaviy texnologik yechimlarni joriy etish va xalqaro hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan qator uchrashuvlar o‘tkazildi.
Toshkent shahar hokimligi Raqamli rivojlanish departamenti ko‘rgazmada 15 dan ortiq raqamli boshqaruv yechimlarini taqdim etdi. Ular ta’lim, investitsiyalar, renovatsiya, kommunal xizmatlar, avtoturargohlar, obodonlashtirish, turizm va soliq tushumlari kabi yo‘nalishlarni qamrab olib, sun’iy intellekt, raqamli monitoring va ma’lumotlarga asoslangan boshqaruv texnologiyalariga tayangan.
📊 Haftalik doirasida AHA, UNV, Hikvision, Showmac, eSIX, Cogniser va Delta kompaniyalari vakillari hamda xorijiy ekspertlar bilan muzokaralar o‘tkazildi. Uchrashuvlarda ta’limni raqamlashtirish, Smart City texnologiyalari, videokuzatuv va shahar xavfsizligi, sun’iy intellekt asosidagi monitoring, telekommunikatsiya infratuzilmasi hamda zamonaviy ma’lumotlarni qayta ishlash markazlarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
🤝Muzokaralar yakunida uchta muhim yo‘nalish bo‘yicha amaliy kelishuvlarga erishildi.
▫️Birinchidan, “Promobility” MChJ bilan Toshkentdagi pulli avtoturargohlarni yagona axborot tizimi orqali boshqarish, onlayn monitoring va to‘lovlarni avtomatlashtirishga mo‘ljallangan “Toshkent Avtoturargohlar SI” dasturiy modulidan foydalanish bo‘yicha hamkorlik kelishuvlari rasmiylashtirildi.
▫️Ikkinchidan, Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi bilan yong‘in xavfining oldini olish, xavfi yuqori obyektlarni tahlil qilish va monitoring qilishga mo‘ljallangan dasturiy tizimni birgalikda joriy etish bo‘yicha hamkorlik bitimi imzolandi.
▫️Uchinchidan, “Munitsipal aktivlarni boshqarish markazi” DUK bilan bozorlardagi rastalar va ularga tutash hududlardagi avtoturargohlarni nazorat va monitoring qilishga mo‘ljallangan raqamli yechimni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
✔️Qabul davomida 32 ta murojaat körib çiqildi. 24 ta masala öz joyida hal etildi. Qolgan murojaatlarni esa atrofliça örg...

2026-yil 23-oktabr kuni soat 10:00 da Toshkent shahar Xalq qabulxonasi binosida shahar hokimining uy-joy kommunal ...
Uchtepa tumanidagi 90 sotix bo‘sh maydonda yangi sun’iy ko‘l va dam olish maskani tashkil etish ishlari boshlandi. ✔️Bu ...

Dastlabki örganişlar şuni körsatdiki, sobiq şampan vinolari zavodi hududida olib borilgan quriliş işlari vaqtida obyektn...