
Harbiy yigʻin uchun bino 1885-yilda qurilgan va uning umumiy koʻrinishi hozirgacha saqlanib qolgan. Oʻsha paytda bu Toshkentda xizmat qilayotgan ofitserlar uchun klub edi. Binoda oʻsha davrning eng katta tomoshabinlar zali joylashgan boʻlib, unda havaskor spektakllar qoʻyilgan va gastrol teatrlar chiqish qilgan.
Yaqinida Chavli daryosi
qirgʻogʻiga chiqadigan chiroyli bogʻ barpo etilgan edi.
Sovet yillarida binoda
Qizil Armiya uyi joylashgan, 1945-yildan esa u Okrug ofitserlar uyi (ODO) deb
atala boshlandi. Mustaqillikdan keyin bu bino Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa
vazirligining Markaziy ofitserlar uyiga oʻtkazildi.
2013-yilda binoda
Toshkent davlat yuridik universiteti joylashdi. Biroq toshkentliklar odat
tusiga kirib, bu joyni va binoning oʻzini hali ham «ODO» deb atashadi.
Katta daraxtlar va tosh
tepalik ustidagi togʻ echkisi haykali bilan eski bogʻning qoldiqlari hozirgacha
saqlanib qolgan.

2012 yilda Toshkent hokimligi va Hyatt International o‘rtasida Hyatt Regency brendi ostida mehmonxo...
Yahyo Gʻulomov koʻchasidagi (ilgari Gogol) Fanlar akademiyasi binosi oʻz fasadi bilan beixtiyor eʼt...
Barcha toshkentliklar Yahyo Gʻulomov va Istiqbol koʻchalari burchagida joylashgan Fransiya elchixon...
«Qizil Tong» tikuvchilik fabrikasi tikuvchilar madaniyat saroyi 1936-yilda meʼmor V. Skornyakov loy...