- Toshkentdan gapiramiz
- 03.09.2026, 16:30
Bektemir tumanida yana bir ta’lim maskani foydalanishga topshirildi
🏢Bugun Bektemir tumanidagi 290-sonli umumta’lim maktabi yangicha qiyofada o‘quvchilar uchun o‘z eshiklarini ochdi. Maktab hududida 750 o‘rinli yangi o‘quv binosi bunyod etilib, 1975-yilda qurilgan 960 o‘rinli mavjud bino to‘liq ta’mirlandi. Natijada ta’lim dargohining umumiy sig‘imi 1 714 o‘ringa yetkazilib, o‘quvchilar uchun zamonaviy va qulay ta’lim muhiti yaratildi.
🔔Ta’lim dargohida o‘quv jarayonini samarali tashkil etish uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan: shinam sinfxonalar, mashg‘ulot xonalari, zamonaviy oshxona, sport zallari hamda faollar zali o‘quvchilar ixtiyoriga topshirildi.
🇺🇿Maktabning ochilish marosimida Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Durdona Rahimova, mas’ul tashkilotlar rahbarlari, nuroniylar, ota-onalar hamda o‘quvchilar ishtirok etdi.
✔️Tadbir davomida yangilangan maktabda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishilib, o‘quvchilar bilan samimiy muloqot qilindi.

Toshkent shahar hokimining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari Mirmuhammad Mirxamidov f...
👍 Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “O‘zbekiston ovozi” (7/24) turizm ko‘chasida maxsus tozalash texnikalari ish boshladi.✅️ Ma...
▫️Aholining kundalik hayoti uchun qulay, xavfsiz va ko‘rkam muhit yaratish maqsadida Salar kanali bo‘yida sayilgohlar ta...

Bugun Xalq qabulxonasida ikkita qabul bo‘lib o‘tadiEslatib o‘tamiz, bugun Xalq qabulxonasida Toshkent shahar hokimligi r...