Shayxontohur tumani hokimiyatning rasmiy sayti
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:

Shahrisabz ko‘chasidagi BRT yo‘lagi foydalanishga topshirildi

Toshkent shahrida jamoat transportiga ustuvorlik berish, avtobuslar harakatini tezkor va barqaror tashkil etish maqsadida Shahrisabz ko‘chasidagi BRT yo‘lagining birinchi bosqichi foydalanishga topshirildi.

Loyihaning mazkur bosqichi Shahrisabz, Mirobod va Shota Rustaveli ko‘chalari tutashgan aylanma chorrahadan Amir Temur shoh ko‘chasi bilan kesishmagacha bo‘lgan 1,2 kilometrlik uchastkani qamrab oldi.

🏗 Qurilish jarayonida mavjud asfalt qoplamasini yangilash bilan cheklanilmadi. BRT yo‘lagida katta sig‘imli avtobuslarning muntazam harakati va doimiy yuklamasi hisobga olinib, yo‘lning ostki konstruksiyasi to‘liq qayta qurildi.

Buning uchun ayrim qismlarda 2 metrdan ortiq chuqurlikkacha qazish ishlari bajarilib, mavjud asos olib tashlandi va yo‘l poydevori qayta shakllantirildi. Grunt namligi, tuproqning siljishi va keyinchalik cho‘kish xavfini kamaytirish maqsadida geotekstil qoplamasi yotqizildi.

Shundan so‘ng yo‘l asosi bosqichma-bosqich mustahkamlanib:
— 35 santimetr qalinlikdagi qum-shag‘al aralashmasi yotqizildi;
— M-75 markali mustahkamlovchi qatlam tashkil etildi;
— 9 santimetr qalinlikdagi yirik donali asfalt-beton qatlami yotqizildi;
— yakuniy qoplama sifatida 5 santimetr qalinlikdagi PSHMA-20 qo‘llanildi.

🚌 BRT infratuzilmasi doirasida 5 ta yangi avtobus bekati tashkil etilib, jamoat transporti uchun alohida harakat yo‘lagi shakllantirildi. BRT yo‘lagi umumiy transport oqimidan bordyurlar orqali jismonan ajratildi.

Bu yechim avtobuslarning tirbandlikka kamroq bog‘liq holda harakatlanishi, qatnov oralig‘ining barqarorligini ta’minlash hamda bekatlarga xavfsiz kirib-chiqish imkoniyatini yaxshilashga xizmat qiladi.

🚧 Qurilish davomida yo‘l harakati to‘liq to‘xtatilmadi. Ishlar markaziy qismdagi tasmalarda bosqichma-bosqich olib borilib, transport vositalari harakati ko‘chaning ikki yo‘nalishidagi chekka o‘ng tasmalarda saqlab qolindi.

📍 1,2 kilometrlik ushbu uchastka Shahrisabz ko‘chasida BRT infratuzilmasini shakllantirishning birinchi bosqichi hisoblanadi. Umumiy loyiha doirasida Shahrisabz ko‘chasining qariyb 3 kilometrlik qismida BRT yo‘lagini tashkil etish ko‘zda tutilgan.

Shahrisabz ko‘chasidagi yangi BRT uchastkasining foydalanishga topshirilishi poytaxtda jamoat transportiga ustuvorlik berilgan zamonaviy ko‘cha infratuzilmasini bosqichma-bosqich shakllantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning davomi bo‘ldi.

Teglar:
O‘xshash yangiliklar
Fuqarolar murojaatlari — e’tibor markazida
05.10.2026, 16:40
Fuqarolar murojaatlari — e’tibor markazida

Toshkent shahar hokimining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari Mirmuhammad Mirxamidov f...

Endilikda Turizm ko‘chalarida maxsus tozalash texnikalari harakatlanadi
05.10.2026, 14:26
Endilikda Turizm ko‘chalarida maxsus tozalash texn...

👍 Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “O‘zbekiston ovozi” (7/24) turizm ko‘chasida maxsus tozalash texnikalari ish boshladi.✅️ Ma...

Salar kanali bo‘yida sayilgohlar tashkil etilmoqda
05.10.2026, 10:10
Salar kanali bo‘yida sayilgohlar tashkil etilmoqda...

▫️Aholining kundalik hayoti uchun qulay, xavfsiz va ko‘rkam muhit yaratish maqsadida Salar kanali bo‘yida sayilgohlar ta...

Bugun Xalq qabulxonasida ikkita qabul bo‘lib o‘tadi
05.10.2026, 09:33
Bugun Xalq qabulxonasida ikkita qabul bo‘lib o‘tad...

Bugun Xalq qabulxonasida ikkita qabul bo‘lib o‘tadiEslatib o‘tamiz, bugun Xalq qabulxonasida Toshkent shahar hokimligi r...