Shayxontohur tumani hokimiyatning rasmiy sayti
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:

Oqtepa maydoni chorrahasida chapga burilish yo‘nalishlari tashkil etildi

Transport vositalari harakatini qulaylashtirish, ortiqcha masofani qisqartirish va chorrahadagi tirbandliklarning oldini olish maqsadida Oqtepa maydoni chorrahasida yangi chapga burilish yo‘nalishlari tashkil etildi.

Avval Lutfiy ko‘chasidan Nurafshon va Seul ko‘chalari tomon harakatlanayotgan haydovchilar Muqimiy ko‘chasiga o‘tib, qayrilib olishlari talab etilardi. Endilikda ular chorrahadagi svetoforning tegishli ishorasi orqali qayrilib olmasdan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri chapga burilib Nurafshon va Seul ko‘chalari tomon harakatlanishi mumkin.

Shuningdek, Samarqand Darvoza ko‘chasidan kelayotgan transport vositalari uchun ham yangi chapga burilish imkoniyati yaratildi.

Avval Samarqand Darvoza ko‘chasidan Lutfiy va Muqimiy ko‘chalari tomon harakatlanish uchun Nurafshon ko‘chasiga kirib, qayrilib olish zarur edi. Endilikda haydovchilar svetoforning tegishli ishorasi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri chapga burilib, Muqimiy va Lutfiy ko‘chalari tomon harakatlanishi mumkin.

Natijada haydovchilar bosib o‘tadigan masofa qariyb 600 metrga qisqardi, Nurafshon va Muqimiy ko‘chalarida qayrilib olish jarayonida yuzaga keladigan tirbandliklarning oldi olindi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, haydovchilarning harakatlanish vaqti odatiy soatlarda 4 daqiqagacha, kunning tig‘iz vaqtlarida esa 10 daqiqagacha qisqardi.

Shuningdek, piyodalar harakati xavfsizligi va qulayligini ta’minlash maqsadida piyodalar o‘tish yo‘laklari hamda piyodalar uchun svetoforlar tashkil etildi.

Teglar:
O‘xshash yangiliklar
Fuqarolar murojaatlari — e’tibor markazida
05.10.2026, 16:40
Fuqarolar murojaatlari — e’tibor markazida

Toshkent shahar hokimining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari Mirmuhammad Mirxamidov f...

Endilikda Turizm ko‘chalarida maxsus tozalash texnikalari harakatlanadi
05.10.2026, 14:26
Endilikda Turizm ko‘chalarida maxsus tozalash texn...

👍 Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “O‘zbekiston ovozi” (7/24) turizm ko‘chasida maxsus tozalash texnikalari ish boshladi.✅️ Ma...

Salar kanali bo‘yida sayilgohlar tashkil etilmoqda
05.10.2026, 10:10
Salar kanali bo‘yida sayilgohlar tashkil etilmoqda...

▫️Aholining kundalik hayoti uchun qulay, xavfsiz va ko‘rkam muhit yaratish maqsadida Salar kanali bo‘yida sayilgohlar ta...

Bugun Xalq qabulxonasida ikkita qabul bo‘lib o‘tadi
05.10.2026, 09:33
Bugun Xalq qabulxonasida ikkita qabul bo‘lib o‘tad...

Bugun Xalq qabulxonasida ikkita qabul bo‘lib o‘tadiEslatib o‘tamiz, bugun Xalq qabulxonasida Toshkent shahar hokimligi r...